03:08 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Direktor Federalnoy slujbы bezopasnosti (FSB) Aleksandr Bortnikov

FXX rahbari: terrorchilar Rossiyada chet el talabalarini oʻz saflariga yollashga urinishmoqda

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy
Dunyoda
Havola olish
311 0 0

Rossiya Federal xafvsizlik xizmati (FSB) rahbari Aleksandr Bortnikov terrorchilar Rossiyada chet el talabalarini oʻz saflariga yollashga urinishayotganini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 13 avg — Sputnik. Rossiya Federal xafvsizlik xizmati (FSB) rahbari Aleksandr Bortnikov xalqaro terrorchilar Rossiya oliygohlarida taʼlim olayotgan xorijiy talabalarni oʻz saflariga yollashga urinishayotganini maʼlum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

“Xalqaro terrorchilik tashkilotlari vakillari Rossiyada boʻlgan migrantlar hamda Rossiya oliygohlarida tahsil olayotgan xorijiy talabalarni terrorchilik faoliyatiga jalb qilish va yollashga urinishda davom etmoqdalar”, - dedi Bortnikov Milliy terrorchilikka qarshi qoʻmita majlisida.

Bortnikov migrantlar oʻrtasida radikal kayfiyatlar tarqalishini oldini olish maqsadida qoʻshimcha choralar koʻrish, ushbu muammoni hal qilishda federal ijro etuvchi hokimiyat rahbarlarining eʼtiborini oshirish va uni hal qilishni shaxsiy nazoratga olish kerakligini qoʻshimcha qildi.

Eslatib oʻtamiz, “Alfa” antiterror maxsus kuchlar sobiq qoʻmondoni Yuriy Pogiba terrorchilar juda yosharib ketganini maʼlum qilgandi. Uning aytishiga qaraganda, terrorchilar yollovchilari uchun aynan oʻsmir yoshda boʻlgan yoshlar bilan ishlashdan manfaatdor. Chunki ushbu yoshda bolalar ogʻriqdan va oʻlimdan qoʻrqmaydi, qahramon boʻlishni istaydi.

Asosiy mavzular