Netanyahu Kiyevda rafiqasi nega nonni tatib ko‘rishdan bosh tortganiga izoh berdi

© Sputnik / Irina Kalashnikova / Mediabankka o‘tishPremyer-ministr gosudarstva Izrail Binyamin Netanyaxu
Premyer-ministr gosudarstva Izrail Binyamin Netanyaxu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kecha Kiyev aeroportida Isroil bosh vaziri rafiqasi unga uzatilgan nonni tatib ko‘rishdan bosh tortib, yerga tashlab yuborgan edi.

TOShKENT, 20 avg – Sputnik. Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu Kiyev aeroportida sodir bo‘lgan hodisaga izoh berdi va rafiqasi Saraning xatti-harakatida Ukrainaga bo‘lgan hurmatsizlikni izlamaslikka chaqirdi.

Premyer-ministr Izrailya Binyamin Netanyaxu i yego supruga Sara Netanyaxu  - Sputnik O‘zbekiston
Isroil bosh vaziri rafiqasi samolyotda janjal ko‘tardi

Facebook᾽dagi sahifasida e’lon qilingan video murojaatida rafiqasi tashrif oldidan aynan Ukraina bayrog‘i ranglaridagi liboslarni tanlaganini ma’lum qilgan va bu Ukrainaga bo‘lgan hurmatini bildiradi.

Isroil bosh vazirining ta’kidlashicha, agar “non bilan bo‘lgan hodisa” bo‘lmaganida, uning Ukrainaga tashrifi OAVlardan bu qadar keng yoritilmagan bo‘lardi.

“Biz diqqatni jalb qilishning usulini kashf qilganga o‘xshaymiz. Davom ettiramiz”, - degan Benyamin Netanyahu.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kiyevda Benyamin Netanyahu rafiqasi bilan samolyotdan tushgan vaqtda ukrain qizlari milliy libosda, non va tuz bilan ularni qarshi olishgani, bosh vazir rafiqasi unga uzatilgan nonni tatib ko‘rishdan bosh tortib, yerga tashlab yuborgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0