Ukraina sudi Poroshenkoga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atish haqida qaror qabul qildi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishBivshiy prezident Ukraini Petr Poroshenko vizvan na dopros v GBR
Bivshiy prezident Ukraini Petr Poroshenko vizvan na dopros v GBR - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sud sobiq Ukraina prezidenti Potr Poroshenko va tashqi ishlari vazir Pavel Klimkinga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atish haqida qaror qabul qildi.

TOShKENT, 21 avg - Sputnik. Kiyevning Solomenka tuman sudi Ukraina Milliy korrupsiyaga qarshi burosiga Ukraina prezidenti Potr Poroshenko va tashqi ishlari vazir Pavel Klimkinga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atish majburiyatini yukladi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Eks-prezident Ukraini P. Poroshenko vizvan na dopros  - Sputnik O‘zbekiston
Kiyevda noma’lum shaxslar Potr Poroshenkoga tuxumlar otishdi

Qayd etilishicha, ular hokimiyat va mansab vakolatini suiiste’mol qilishda gumonlanmoqdalar, biroq batafsil ma’lumotlar ochiqlanmagan.

Ukraina fuqarosi 15-iyul kuni Ukraina Milliy korrupsiyaga qarshi burosiga jinoiy ish qo‘zg‘atish haqida ariza bilan murojaat qilgan, biroq ish qo‘zg‘atilmagan. O‘z navbatida sud uning arizasini qanoatlantirdi.

To be continued!? Ukrainada Poroshenkoga qarshi yana bir jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Panama prokuraturasi Ukrainaning sobiq prezidenti Potr Poroshenkoga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atgani xabar qilingan edi. Hozirda Ukrainada Poroshenko va uning jamoasiga qarshi ko‘plab jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Jumladan, unga nisbatan davlatga xiyonat ayblovi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0