01:33 23 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Deputat JK Irina Karamushkina. Arxivnoye foto

Atambayevning yana bir tarafdori sudga olib ketildi

Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov
Dunyoda
Havola olish
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (35)
524 0 0

Deputat Irina Karamushkina ommaviy tartibsizliklarni uyushtirishda ayblanmoqda.

TOSHKENT, 22 avg – Sputnik. Qirgʻiziston bosh prokuraturasi Joʻqori Kenesh deputati Irina Karamushkinaga jinoiy ishda gumonlanuvchi tariqasida ishtirok etishi haqida ogohlantirish xatini topshirdi, deb xabar qildi Sputnik Qirgʻiziston.

Karamushkinaga odamlarni garovga olish boʻyicha ayblov ilgari surilgan.

Bugun deputat Pervomaysk tumani sudiga olib ketildi, u yerda unga ehtiyot chorasini qoʻllash haqida qaror qabul qilinadi.

Karamushkina Facebook’dagi sahifasida u ommaviy tartibsizliklarni uyushtirish va odamlarni garovga olishda ishtirok etishda ayblanayotgani haqida post yozgan.

Eslatib oʻtamiz, 7 avgust kuni kechqurun Koy-Tash qishlogʻida GKNB kuchishlatar boʻlinmasi Atambayevni qoʻlga olish boʻyicha operatsiyani amalga oshirishga urindi, ammo shturm uning tarafdorlari tomonidan yoʻqqa chiqarildi.

Sakkizinchi avgust kuni huquq-tartibot organlari takroriy shturm amalga oshirdi, oqibatda siyosatchi taslim boʻldi.

Atambayev 26 avgustga qadar GNKB SIZOsida qoldirish qarori qabul qilindi. Shuningdek, uning bir necha tarafdorlari ham hibsga olingan.

Mavzu:
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (35)

Asosiy mavzular