07:17 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63

Ramzan Qodirovga Shavkat Mirziyoyevning qimmatbaho sovgʻasini yetkazishdi

© VK
Dunyoda
Havola olish
86231

Shavkat Mirziyoyev Ramzan Qodirovga Oʻzbekistonda saqlanayotgan eng qadimiy Qurʼon nusxasini sovgʻa qildi.

TOSHKENT, 25 avg - Sputnik. Chechenistonda 23 avgust kuni Muhammad paygʻambar masjidi ochilish marosimida ishtirok etgan Oʻzbekiston delegatsiyasi Ramzan Qodirovga prezidentining qimmatbaho sovgʻasini topshirdi. Bu haqida Ramzan Qodirov VKontakte tarmogʻida xabar qildi.

“Uchrashuv davomida Rustam Qosimov menga juda qimmatbaho sovgʻa topshirdi – bu Toshkentdagi Muyi Muborak masjidida saqlanayotgan Qurʼonning eng qadimiy nusxasidir. Men mehmonga rahmat aytib, qardosh Oʻzbekiston gullab-yashnashini tiladim”, - deb yozgan Ramzan Qodirov.

“Bizning xalqarimizni mustahkam doʻstlik rishtalari bogʻlab turadi. Biz oʻzaro munosabatlarimizni mustahkamlash va kengaytirish tarafdorimiz. Biz Oʻzbekistonga chuqur hurmat bilan qaraymiz”, - dedi Ramzan Qodirov Oʻzbekiston delegatsiyasiga.

Shuningdek, Ramzan Qodirov uning otasi, Checheniston birinchi prezidenti Ahmad Hoji Qodirov ham islom dini ilmini Oʻzbekistonda oʻrganganini esga oldi.

Eslatib oʻtamiz, 23 avgust kuni Chechenistonning Shali shahrida Yevropada eng yirik masjid – Muhammad paygʻambar masjidi ochilish marosimi boʻlib oʻtgan edi. Unda Oʻzbekiston bosh muftiysi Usmonxon Alimov hamda prezident maslahatchisi Rustam Qosimovlar ham ishtirok etishgan edi.

Kadыrov pokazal tsennыy podarok ot Shavkata Mirziyoyeva - foto

Asosiy mavzular