15:56 21 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30

Pentagon sobiq rahbari dunyoga eng katta xavf solayotgan mamlakatni aytdi

© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev
Dunyoda
Havola olish
402 0 0

Ish faoliyatim davomida menga duch kelgan mamlakatlar orasida eng xavflisi Pokiston - dedi AQSH generali.

TOSHKENT, 4 sen – Sputnik. AQSH Mudofaa vazirligining sobiq rahbari Djeyms Mettis dunyoga eng katta solayotgan mamlakat deb Pokistonni aytdi. Sabab – Pokistonda jamiyatning keskin radikallashuvi hamda ushbu mamlakatda yadroviy qurol miqdorini oshirib borayotgani, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Seshanba kuni AQShda Mettisning yangi kitobi sotuvga chiqdi. Call Sign Chaos: Learning to Lead – nomli kitobda Pentagon sobiq rahbari quyidagi soʻzlarni yozgan: “Ish faoliyatim davomida menga duch kelgan mamlakatlar orasida eng xavflisi Pokiston, deb hisoblayman”.     

“Pokiston harbiylari ham buni yaxshi bilishadi. Agar siz radikal nuqtai nazar kuchayib borayotgan jamiyatga dunyoda eng  tez ortib borayotgan yadroviy kuch-qudratni qoʻshsangiz – men nima uchun Pokistonni eng xavfli mamlakat deganimni tushunasiz. Shuning uchun ham bugun biz butun diqqatimizni yadroviy qurol nazoratiga va uning tarqalmasiliga qaratishimiz kerak. Bugun aynan mana shu eng katta muammo boʻlmoqda”, - dedi Mettis matbuot anjumanida.

Jeyms Mettis – bir necha yil davomida Pentagon rahbari lavozimida ishlab kelgan. U 2018 yil oxirida Donald Trampning Suriyadan qoʻshinlarini olib chiqish haqidagi qaroridan norozi boʻlib isteʼfoga chiqqan edi.

Asosiy mavzular