Tramp Eronga komment yozaman deb AQSh maxfiy sputnigi sirini ochib qo‘ydi

© REUTERS / LEAH MILLISDonald Tramp na press-konferensii v Xanoe
Donald Tramp na press-konferensii v Xanoe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Astronomlar AQSh prezidenti chop etgan fotosurat maxfiy sputnik orqali olinganini payqab qolishdi.

TOShKENT, 4 sen - Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Twitterda Eron kosmik kemasi halokati aks etgan suratni chop etib,  maxfiy sputnik sirini ochib qo‘ydi, deb xabar qilmoqda Forbes nashri.

"Eronning Semnan One uchirish maydonchasida yuz bergan Safir SLV kosmik kemasining halokatiga AQShning aloqasi yo‘q. Men Eronga eng yaxshi niyatlarimni bildiraman va Birinchi bosqichda sodir bo‘lgan nosozlikni aniqlashda muvaffaqiyat tilayman", - deb yozgan AQSh prezidenti o‘z tvitterida. 

​Fotosurat chop etilganidan so‘ng, uni astronomlar o‘rganib chiqqan va u yuqori sifatli fotokameraga ega bo‘lgan shpion-sputnik tomonidan suratga olinganini aniqlashgan. Marko Lagbruk fotosurat olingan aniq vaqt va azimutni aniqlaganidan so‘ng “Ushbu  surat USA 224 sputniki orqali olinganiga shubham yo‘q”, deb yozdi.

Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Tramp G7 yetakchilari bilan Rossiya tufayli janjallashib qoldi

Mutaxassis fikriga ko‘ra, ushbu sputnik Yer sharining eng tiniq fotosuratlarini olishi mumkin. USA 224 sputnikida Xabbl teleskopida o‘rnatilgani kabi, 2,4 metrli oynaga ega bo‘lgan  obyektiv o‘rnatilgan. Uning yordamida yer yuzida o‘lchami 10sm  bo‘lgan  jismlarni ham farqlash mumkin.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda mavjud bo‘lgan tijorat sputniklari faqat 30 sm jismlarni farqlay oladi. 

USA 224 – AQShning KH-11 nomli optik-elektron shpion sputniklar oilasiga mansub bo‘lib, u orbitaga 2011-yilda chiqarilgan bo‘lib. Uning qiymati 2 milliard dollarni tashkil qiladi. Bugunga qadar Yer orbitasiga 16ta ana shunday sputnik uchirilgan.

© globalsecurityModel sputnika-shpiona KH-12 (KeyHole-12)
Tramp Eronga komment yozaman deb AQSh maxfiy sputnigi sirini ochib qo‘ydi - Sputnik O‘zbekiston
Model sputnika-shpiona KH-12 (KeyHole-12)
Yangiliklar lentasi
0