09:41 10 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
408 0 0

“Tolibon” harakati vakillari AQSH bosh kotibi Mayk Pompeo “Afgʻoniston islom amirligi” bilan bitimni imzolanishi xohlamoqda.

TOSHKENT, 5 sen – Sputnik. AQSH bosh kotibi Mayk Pompeo Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish shartnomasini imzolashdan bosh tortdi.

Time jurnali xabarida aytilishicha, “Tolibon” harakati Pompeo “Afgʻoniston Islom amirligi” bilan bitimni imzolashini talab qildi, toliblar 1996 yilda mamlakatni katta hududini bosib olishgandan keyin bu nomdan foydalanishni boshladi. 

Qisman tan olingan Afgʻoniston Islom Amirligi davlati 1996-2001 yillarda AQSH va uning ittifoqchilarining harbiy aralashuvi natijasida “Tolibon” rejimi agʻdarilgunga qadar mamlakatning katta qismida mavjud boʻlgan.

Afgʻon rasmiylarining soʻzlariga koʻra, bunday hujjat imzolansa “Tolibon”ning qonuniy siyosiy tashkilot sifatida de-fakto tan olinishini anglatadi.

Ilgari Pompeoning oʻzi, agar AQSH prezidenti Donald Tramp va boshqa barcha tomonlar ushbu hujjatni maʼqullasa, Afgʻonistondagi mojaroni hal etish boʻyicha kelishuvni imzolashini aytgandi.

Asosiy mavzular