14:11 01 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
636 0 0

Frantsiyada erta tongda qichqirib, yaqin atrofdagi kishilarni uygʻotayotgan xoʻroz ishi boʻyicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi.

TOSHKENT, 5 sen - Sputnik. Frantsiya sudi Moris laqabli xoʻrozga erta tongda qichqirishga ruxsat berdi.

“Roshfor sudi (Sharanta departamenti) 5 sentyabr kuni xoʻroz va uning egasi Korin Fessoga qarshi kiritilgan daʼvo arizasini rad etdi”, - deya yozadi France Info portali.

Avvalroq Frantsiyada erta tong qichqirib, odamlarni uygʻotadigan xoʻroz sud qilinayotgani xabar qilingan edi. Moris laqabli xoʻroz va uning egasi Korin Fesso ustidan nafaqadagi qoʻshnilar shikoyat qilgan. Arizachilarning advokati ming yevro miqdorida kompensatsiya talab qilishgan.

Biron va Fesso oʻrtasida janjal bir yildan ortiq davom etayotgan edi. 2017 yil bahor mavsumida xoʻroz shovqiniga chek qoʻyish maqsadida arz qilishgan. Oʻsha vaqtda xoʻroz Moris egasini himoya qilish uchun ikkita petitsiya tayyorlangan. Buni 155 ming kishi qoʻllab-quvvatlagan.  

Tumshuq yopildi: Shveytsariyada xoʻrozga kechasi qichqirish taqiqlandi

4 iyul kuni boʻlib oʻtgan sud majlisiga daʼvogar va xoʻroz egasi kelmagani sababli ishni koʻrib chiqish 5 sentyabrga qoldirilgan edi.

Asosiy mavzular