06:04 08 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
698 0 0

Shvetsiyaning Karolinska instituti olimlari ayollarni munozarada yengib boʻlmaslikni maʼlum qilishdi. Bunga yetarlicha asoslar mavjud.

TOSHKENT, 5 sen - Sputnik. Shvetsiyaning Karolinska instituti olimlari ayollarni munozarada yengib boʻlmaslikni maʼlum qilishdi. Bunga ularning yaxshi rivojlangan epizodik xotirasi sababchidir.

Tadqiqotchilarning soʻzlariga koʻra, ayollar turli hodisalarning ikir-chikirini yaxshi eslab qolishadi va munozara vaqtida ulardan “qurol” sifatida foydalanishadi.

Mutaxassislar ayollar va erkaklarning kognitiv qobiliyatlaridagi farqni aniqlash maqsadida 1973 yildan 2013 yilga qadar chop etilgan 617 ta ilmiy ishni tahlil qilib chiqishgan. Tadqiqotda jami 1,2 million kishi ishtirok etgan.

“Tadqiqot natijalari ayollarda epizodik xotira afzalliklarga egalini koʻrsatdi. Bu afzallik yodda saqlab qolish kerak boʻlgan narsalarga qarab oʻzgaradi”, - deya iqtibos keltiradi tadqiqot mualliflaridan biri Martin Asperxolm soʻzlaridan Daily Mail.

Olimlar taʼkidiga koʻra, ayollar hayotidagi voqealarni, jumladan, muayyan sana, vaqt va holatlarni juda yaxshi yodda saqlashadi. Bu esa ularga munozalarda aniq faktlarni keltirib, ustunlikka erishishga koʻmaklashadi.

Qolaversa, ayollar yuz tuzilishlarini ham yaxshi eslab qolishadi. Biroq ayollarning makon xotirasi chatoqroq. Shuning uchun ular yoʻlda adashib qolishlari hech gap emas.

Asosiy mavzular