Hindistonda 74 yoshli ayol egizak farzandlarni dunyoga keltirdi

Obuna bo‘lish
Hindistonda sun’iy urug‘lantirish bilan homilador bo‘lgan 74 yoshli Erramatti Mangayamma egizak qiz farzand dunyoga keltirdi.

TOShKENT, 6 sen – Sputnik. Hindistonning Andxra-Pradesh shtatida sun’iy urug‘lantirish bilan homilador bo‘lgan 74 yoshli Erramatti Mangayamma egizak qiz farzand dunyoga keltirdi. Bu haqda RIA Novosti Hindustan Times nashriga asosan.

Beremennaya, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Mo‘’jiza: britaniyalik ayol homilador ekanini tug‘ishidan 45 daqiqa oldin bildi

Shifokorlar so‘zlariga ko‘ra, tug‘uruq kesar-kesish orqali olib borilgan.

“Operatsiya yaxshi kechdi. Ona va chaqaloqlar sog‘lom, ular hech qanday asoratlarga ega emas. Biroq ona oxirgi soatlarda boshdan kechirgan stress holatdan chiqishi uchun intensiv davolash bo‘limiga joylashtirildi”, - dedi shifokor.

Ta’kidlanishicha, ayol farzandlarini ko‘kragi bilan boqa olmaydi, shu sababli chaqaloqlarga sut donor bankidan yetkazib beriladi.

Shifokorlar so‘zlariga ko‘ra, keksa ayol qand kasalligi va gipertenziya kabi muammolarga ega bo‘lmagani sababli homilani ko‘tarib, farzand dunyoga keltira olgan.

Mangayamma va uning eri 80 yoshli Raya Rao 1962-yil 22-martda turmush qurishgan. Oxirgi 57-yil ichida juftlikning farzand ko‘rishga urinishlari besamar ketgan. Ammo sun’iy urug‘lantirish protsedurasi tufayli 74 yoshli ayol joriy yil yanvarida homilador bo‘la olgan. 

Avval sun’iy urug‘lantirish yordamida ona bo‘lgan eng keksa ayol hindistonlik boshqa bir ayol Omkari Panvar bo‘lgan. U 2008-yil yozida 70 yoshida egizak farzand dunyoga keltirgan.

Yangiliklar lentasi
0