12:02 01 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
714 0 0

AQSH Markaziy razvedka boshqarmasining (TSRU) sobiq tahlilchisi Jorj Bibining kitobi sotuvga chiqdi.

TOSHKENT, 6 sen - Sputnik. Vladimir Putin 2001 yilda AQSH Jorj Bushni AQSH hududida teraktlar tayyorlanayotgan boʻlishi mumkinligidan ogohlantirgan. Bu haqda  RIA Novosti AQSH Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq tahlilchisi Jorj Bibining kitobiga tayangan holda xabar qildi.

Bibi “Rossiya tuzogʻi: Rossiya bilan xufiyona urushimiz qanday qilib yadro falokatiga aylanishi mumkin” deb nomlangan kitobida taʼkidlashicha,  Putin 11 sentyabrdagi teraktlardan 2 kun ilgari amerikalik hamkasbiga qoʻngʻiroq qilib, “rus razvedkasi Afgʻonistondan taralayotgan, “anchadan beri tayyorgarlik koʻrilgan” terrorchilik kampaniyasi alomatlarini qayd qilganini maʼlum qilgan.

Sobiq tahlilchi Putin 11 sentyabrdagi teraktlardan keyin AQShni qoʻllab-quvvatlash uchun Bushga qoʻngʻiroq qilgan birinchi xorijiy yetakchi boʻlganini eslatib oʻtgan. 

Bibining kitobi AQShda joriy haftada dunyo yuzini koʻrdi. Uning muallifi MRBning Rossiya bilan shugʻullangan tahliliy boʻlinmasiga rahbarlik qilgan, hozirda esa Vashingtondagi Milliy manfaatlar markazi vitse-prezidenti lavozimida faoliyat yuritadi.

Kreml saytining yangiliklar arxivida 2001 yil 10 sentyabrda Putin va Bush oʻrtasida telefon muloqoti boʻlib oʻtgani haqidagi xabar mavjud. Taʼkidlanishicha, qoʻngʻiroq AQSH tashabbusi bilan amalga oshirilgan, unda Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammitiga hamda ikki davlat oʻrtasidagi oliy darajadagi muzokaralarga tayyorgarlik ishlari muhokama qilingan. Shu bilan birga, ikki prezident  harbiy-siyosiy, iqtisodiyot va boshqa sohalardagi aloqalar jadallashib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etgani maʼlum qilingan.

Asosiy mavzular