TOSHKENT, 9 cen – Sputnik. Buyuk Britaniyaning Kingston-apon-Xall shahrida er xotin oʻz hovlisida sirli mavjudodni topishdi. Bu haqda RIA Novosti Hull Live nashriga asosan xabar qildi.
Vendi Grey va Endi Veer oʻz hovlisida “ilonga oʻxshash, tishi va tumshugʻi bor boʻlgan jonzod”ni topishdi. Uy egalari taʼkidlashicha, jonzod osmondan tushgan boʻlishi mumkin.
'It look like it’s just dropped from the sky' https://t.co/oLfVkFEm22
— Hull Live (@hulllive) 6 sentyabrya 2019 g.
Ular uni idishga solib, internetda uni nima ekanligini bilib olishga harakat qilishdi, biroq ular jonzod turini aniqlay olishmadi.
Greyning taʼkidlashicha, “mehmon”ning tanasi yarmi yeb qoʻyilganga oʻxshadi. Ayol bu topilma koʻrgandan soʻng uxlay olmaganligini tan oldi.