14:11 17 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Prezident SSHA Donald Tramp

Tramp prezident saylovidagi raqiblarini “uchta tentak” deb atadi

REUTERS / Carlos Barria
Dunyoda
Havola olish
573 0 0

AQSH prezidenti Donald Tramp 2020 yil prezident saylovlari oldidan oʻz raqiblarini tanqid qildi.

TOSHKENT, 9 cen – Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp 2020 yil prezident saylovlari oldidan oʻtkazilgan respublika praymerizida oʻz raqiblarini tanqid qildi.

Janubiy Karolina shtati sobiq gubernatori Mark Senford respublikachilar partiyasidan prezident saylovlarida uchinchi nomzod boʻldi. Shu yil fevral oyida Massachusets sobiq gubernatori Bill Ueld va avgust oyida sobiq kongressmen-respublikachi Jo Uolsh oʻz nomzodini ilgari surdi.

“Endi dadil boʻling, u (Senford) qaytdi va AQSH prezidenti saylovlariga oʻz nomzodini qoʻydi. Uchta tentak (Sendford, Ueld va Uolsh) oʻta ketgan omadsizlar... oʻz baxtini sinab koʻradi”, - deb yozdi Tramp Twitter sahifasida.

Ayni paytda yana 20 ga yaqin odam AQSH Demokratik partiyasidan yagona nomzodni ilgari surish uchun kurashni davom etmoqda. Ularning orasida bir necha oy davomida Jo Bayden yetakchilik qilmoqda. Agar vaziyat 2020 yil fevral-iyun oylarida boʻlib oʻtadigan dastlabki partiyaviy saylovlar natijasida oʻzgarmasa, Bayden amaldagi respublikachi prezident Donald Trampning raqibi boʻladi.

AQShda prezident saylovi 2020 yil 3 noyabrda boʻlib oʻtadi.

 

 

Asosiy mavzular