Qahvaxona ishchisi 53 ming dollar solingan sumkani politsiyaga qaytarib berdi

© pixabayDollari SShA
Dollari SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dubayda qahvaxonada ishchi bo‘lib ishlaydigan Filippin fuqarosi pul solingan sumkani politsiyaga qaytarib berdi.

TOShKENT, 10 sen – Sputnik. Dubayda qahvaxonada ishchi bo‘lib ishlaydigan Filippin fuqarosi pul solingan sumkani politsiyaga qaytarib berdi. Sumka ichida 195 ming BAA dirxami (53 ming dollar) va boshqa qimmatbaho narsalar bo‘lgan. Bu haqda RIA Novosti Gulf News nashriga asosan xabar qildi.

Naqd puldan tashqari sumkada chek kitobchasi, 136 ming va 1,7 ming dollarlik cheklar va shaxsiy hujjatlar bo‘lgan.

Bu hodisa Dubaydagi mashhur Dubai Mall savdo markazida sodir bo‘ldi. Qahvaxona ishchisi sumka egasi qaytib kelmagandan keyin politsiyaga xabar qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, politsiya uchastkasida unga bu sumka “rossiyalik brokerga” tegishli ekanligini aytishdi.

Bu hodisa shu yilning aprel oyida sodir bo‘ldi, lekin hozir Dubay politsiyasi qahvaxona ishchisini rasmiy ravishda rag‘batlantirishga qaror qildi va ommaga ma’lum qilindi.

Yangiliklar lentasi
0