08:38 22 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Dunyoda
Havola olish
870 0 0

Reproduktolog-shifokorlar probirkalarni adashtirib qoʻyishdi, buning oqibatida amerikalik ayolda boshqa erkakdan bola dunyoga keldi.

TOSHKENT, 13 sen – Sputnik. Nyu-Jersi shtatida EKO-protsedurasi oqibatida oilada boshqa irqqa mansub boʻlgan bola dunyoga kelishi holati yuzasidan reproduktiv shifoxona sudga berildi. Bu haqda RIA Novosti NBC New York telekanaliga asosan xabar qildi.

Sud jarayonida Kristina Kedderich va Dryu Vasilevski shifoxonada sunʼiy urugʻlantirish jarayonida qandaydir xato boʻlgani taʼkidlashdi. Er-xotin oʻzlari yevropoid irqiga mansub boʻlishsada, ularda tashqi koʻrinishi osiyoliklarga xos boʻlgan belgilar namoyon boʻla boshlaganidan soʻng birovning bolasini katta qilayotganini bilgan.

Sud DNK ekspertizasini tayinladi. Unda Dryu Vasilevski haqiqatda bolaning biologik otasi emasligi tasdiqlandi. Shikoforlar xatosi oilaning buzilishiga olib keldi.

Sobiq er-xotinlarning taʼkidlashicha, ular reproduktologlar xizmati uchun 500 ming dollar sarflashgan.

Asosiy mavzular