19:32 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Dollarы SSHA

Dunyodagi eng kir pul aniqlandi, ular orasida dollar ham bor

© Sputnik / Vladimir Trefilov
Dunyoda
Havola olish
681 0 0

Xalqaro olimlar guruhi qaysi pullardan eng koʻp bakteriyalar toʻplanishini aniqladi. Bu tadqiqot uchun olimlarga xalqaro mukofot berildi.

TOSHKENT, 13 sen – Sputnik. Xalqaro olimlar guruhi qaysi pullardan eng koʻp bakteriyalar toʻplanishini aniqladi.

Turkiya, Niderlandiya, Germaniya olimlari tadqiqot oʻtkazishdi. Eng kir valyuta – Ruminiyaning milliy valyutasi - ley ekanligi maʼlum boʻldi. Amerika va Kanada dollari, shuningdek Hindiston rupiylarida ham bakteriyalar yaxshi qolar ekan.

Ruminiyaning valyutasi banknotalar yaroqligini saqlash va qalbakilashtirishga qarshi ishlatiladigan polimerlar hisobiga roʻyxatga yetakchilik qildi.

Bu tadqiqot uchun olimlar iqtisodiyot uchun Shnobel mukofotini olishdi.

12 sentyabr kuni Garvard universitetida taqdimot marosimi oʻtkazildi.

Xazil pul mukofoti sifatida mutaxassislar bitta kupyurada 10 trillion Zimbabve dollarini olishdi. Banknot chiqarilgan paytda uning bozor qiymati taxminan 40 tsent boʻlgan.

Asosiy mavzular