08:26 20 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Pogranichnыy stolb. Tadjiksko-afganskaya granitsa.

Qirgʻiziston va Tojikiston chegarasida yana olomon toʻplanmoqda. Mojaro sababi nimada?

© Sputnik / Amir Isayev
Dunyoda
Havola olish
1049 0 0

Laylak tumani rahbarlari toʻqnashuvlar oldini olish maqsadida, fuqarolar orasida tushuntirish ishlarini olib borishmoqda. Chegaraoldi hududi hokimi ham uchrashuvga taklif etilgan, ammo u hozircha kelmagan.

TOSHKENT, 15 sen — Sputnik. Botken viloyati Oq-soy qishlogʻida tojikistonliklar belgilab olinmagan chegara hududini yopmoqchi, bu haqda Katran qishloq kengashi rahbari Saparali Borubayev xabar qilgan. Sputnik Qirgʻiziston xabari asosida.

Uning soʻzlariga koʻra, ertalab tojikiston tomondan santexnika kelib, yoʻlga bir mashina shagʻal toʻkib ketgan.

"Ular beton quyib, yoʻlni yopishmoqchi edi. Bu belgilanmagan hudud, shu bois, bir tomonlama tartibda uni toʻsish mumkin emas. yuzdan oshiq qirgʻizistonliklar oʻsha tomonga yoʻl olishdi. Tinch muzokaralarni istaymiz. Umid qilamanki, hukumat bu masalaga yechim topadi", - deb aytgan Borubayev.

U shuningdek, agar yoʻl toʻsilsa, Laylak tumanining uchta ovulida avtomobil harakati toʻxtab qolishini qoʻshimcha qildi.

Laylak tumani hokimi Baymurat Bekmuratov Maksat qishlogʻidagi qurilish ishlari haqida gapirib oʻtdi.

"Chegara oldi maydonidagi qurilish ishlari noqonuniy. Ammo bizlarning noroziligimizga qaramay, ular qurilish ishlarini toʻxtatmadilar. Mojaro boʻlmasligi uchun, fuqarolarimiz oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib boryapmiz. Tojikistonning chegara oldi hududidan hokimni taklif qilgan edik, ammo u hozircha kelmadi", - degan u.

Hozirga qadar olingan maʼlumotlarga koʻra, ayni vaqtda tushuntirish ishlari olib borilmoqda, Chegara xizmati rahbarlari darajasidagi muzokaralar oʻtkaziladi.

Asosiy mavzular