12:31 14 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Bыvshiy prezident Kыrgыzstana Almazbek Atambayev i yego storonniki prisutstvuyut na vstreche s jurnalistami v sele Koy-Tash bliz Bishkeka.

Atambayev holidan xabar olindi. U nimadan xavotirda?

REUTERS / VLADIMIR PIROGOV
Dunyoda
Havola olish
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (38)
1716 0 0

Qirgʻiziston sobiq prezidenti Atambayevning turmush oʻrtogʻi va oʻgʻli uning holidan xabar oldi. Oʻgʻli Qodir uchrashuvdan soʻng otasi nimadan xavotir olayotganini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 17 sen — Sputnik. Qirgʻiziston Respublikasi milliy xavfsizlik qoʻmitasi (GKNB) tergov hibsxonasida saqlanayotgan mamlakatning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni koʻrgani uning oldiga turmush oʻrtogʻi Raisa Atambayeva va oʻgʻli Qodir bordi.

Qodir Atambayev feysbukdagi sahifasida post yozib qoldirgan. Atambayev bugun 63 yoshni qarshi oldi.

Qodir Atambayevning taʼkidlashicha, otasi qirgʻiz-tojik chegarasidagi vaziyatdan xavotirda va tez orada tinchlik va barqarorlik oʻrtatilishiga umid bildirgan.

Sobiq prezidentning soʻzlariga koʻra, hozir Qirgʻiziston hukumati oʻz saʼy-harakatlarini oʻz tarafdorlariga qarshi emas, balki mamlakat xavfsizligining jiddiy muammolarini hal qilishga qaratishi kerak.

“Biz onam bilan otamni tugʻulgan kuni bilan muborakbod etdik. Otamning kayfiyati yaxshi va oʻzini yaxshi his qilyapti. Unga soʻnggi xabarlarni yetkazdik va men tez orada keltirib berishim boʻlgan adabiyot roʻyxatini muhokama qildik”, - deya yozadi Qodir

Sputnik Qirgʻizistonning yozishicha, IIV Atambayevning huzuriga yaqinlari tashrif buyurgani haqidagi xabarga keyinroq izoh berishni vaʼda bergan.

Mavzu:
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (38)

Asosiy mavzular