13:22 09 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Dunyoda
Havola olish
1436 0 0

Biz bilgan va sevib chaynaydigan “jvachka” xususida shifokorlar qanday fikrda? Uni tanlashda nimalarga eʼtibor qaratish lozim?

TOSHKENT, 26 sen - Sputnik. Shifokorlar ovqatdan soʻng 10-15 daqiqa davomida saqichni muntazam ravishda chaynab turish tish salomatligini saqlashga va  chaynash mushaklarini faolligini susaymasligiga yordam berishini maʼlum qilishdi. Asosiysi, saqich tarkibida shakar va sunʼiy boʻyoqlar juda kam miqdorda boʻlishi darkor, deya yozadi RIA Novosti.

“Saqichni har bir ovqatdan soʻng 10-15 daqiqada davomida chaynash lozim. Umuman olganda, toʻgʻri foydalanilsa bu foydali”, - dedi Sechenov nomidagi Sechenov nomidagi birinchi Moskva davlat tibbiyot universiteti professori Igor Bondarenko.

Shifokor saqich tupuk ajralib chiqishi evaziga ogʻiz boʻshligʻini tozalashga yordam berishini qoʻshimcha qildi. Uning soʻzlariga koʻra, saqichdan tish chyotkasi oʻrnida foydalanmaslik zarur, chunki ogʻiz boʻshligʻi katta eʼtibor va tozalikni talab etadi.

Mutaxassis saqichning foydali tomoni sifatida u chaynash mushaklari faolligini ushlab turish, parodontda qon aylanishini yaxshilash hamda ovqatdan soʻng tozalik hissini berish jihatlarini koʻrsatib oʻtdi.

Ushbu universitetning boshqa professori Aleksey Buyeverov, oʻz navbatida, saqich chaynash oshqozon uchun xavfsiz ekanini qoʻshimcha qilib, uni kun boʻyi chaynamaslikni va yutib yubormaslikni tavsiya qildi.  

Parodontga chalinganlar saqichdan voz kechganlari maʼqul. Saqich tanlayotganda tarkibida shakar va sunʼiy boʻyoqlar juda kam miqdorda boʻlishiga eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlangan.

Asosiy mavzular