13:39 09 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Dunyoda
Havola olish
356 0 0

AQSH “saylovlarga aralashish” yuzasidan Rossiya qator fuqarolari va kompaniyalariga qarshi sanktsiyalarni kengaytirdi.

TOSHKENT, 30 cen – Sputnik. AQSH “saylovlarga aralashish” yuzasidan Rossiya qator fuqarolari va kompaniyalariga qarshi sanktsiyalarni kengaytirdi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Sanktsiya roʻyxatiga Denis Kuzmin va Igor Nesterov kiritildi. Vashington maʼlumotlariga koʻra, ular internet-tadqiqot agentligi bilan bogʻliq.

Bundan tashqari cheklovlar Seyshel orollarida roʻyxatga olingan Autolex Transport Ltd va Beratex Group Limited kompaniyalar hamda Chexiyada roʻyxatga olingan Linburg Industries Ltd kompaniyasiga taʼsir qiladi.

AQSH Moliya vazirligi maʼlumotiga qaraganda, bu firmalar va jismoniy shaxslar rossiyalik ishbilarmon Yevgeniy Prigojin bilan bogʻliq.

Avvalroq AQShning sobiq maxsus prokurori Robert Myuller Rossiyaning oʻn uchta fuqarosi va uchta kompaniyasini "AQShga qarshi til biriktirish" va "firibgarlik" da ayblagan edi. Ayblov xulosasida: Yevgeniy Prigojin, Mixail Bistrov, Mixail Burchik (Abramov), Aleksandra Krыlova, Anna Bogacheva, Sergey Polozov, Mariya Bovda, Robert Bovda, Jeyxun Aslanov, Vadim Podkopayev, Gleb Vasilchenko, Irina Kaverzina, Vladimir Venkov ismlari keltirilgan.

Myuller ikki yil davomida 2016 yil saylovlariga "Rossiyaning aralashuvi" ishini tergov qilgandi. Myuller aralashuvga oid ayblovlarni tasdiqladi, ammo saylovda gʻolib boʻlgan Donald Tramp va Rossiya oʻrtasidagi "kelishuv" haqida hech qanday dalil topmagandi.

Asosiy mavzular