Nyu-York ma’murlari migrantlarning diskriminatsiyasi bilan qanday kurashmoqda?

Obuna bo‘lish
Shahar hokimiyat organlari til va millat kabi belgilarga asoslangan diskriminatsiyani ta’qiqlovchi yangi qoidalarni ishlab chiqdi.

TOShKENT, 2 okt - Sputnik. Nyu-Yorkda bundan buyon AQSh fuqaroligiga ega bo‘lmagan kishilarga nisbatan “nolegal migrant” (illegal alien) so‘z birikmasini qo‘llagan shaxs – 250 ming AQSh dollariga miqdorida jarimaga tortiladi, deb xabar beradi CNN.

Shahar hokimiyat organlari til va millat kabi belgilarga asoslangan diskriminatsiyani ta’qiqlovchi yangi qoidalar ishlab chiqdi.

Inson huquqlari bo‘yicha shahar komissiyasi ushbu haqida maxsus yo‘riqnoma ham ishlab chiqqan. Unda aytilishiga ko‘ra, migrantlarni til bilish darajasi, milliy va irqiy belgilari va boshqa "farqlari" uchun diskriminatsiya qilish qat’iy ta’qiqlanadi.   

Xususan, 29-betlik hujjatda diskriminatsiyaning ayrim misollari keltirib o‘tilgan:

  • mehmonxona ma’muriyati qo‘l ostidagi xodimlariga o‘z ona tilida suhbatlashishini ta’qiqlashi;
  • ijaraga beruvchi shaxs hind oilasiga uyda paydo bo‘lgan mog‘or yohud suvarak uchun migratsiya xizmatiga shikoyat qilishi bilan tahdid qilishi;
  • do‘kon egasi qo‘l ostidagi ikki tailandlikka ish vaqtida o‘zaro tay tilida gaplashganliklari uchun yurtiga jo‘natib yuborishi kabi holatlar.

O‘zbekistonlik migrantlar uchun migratsiya amnistiyasi bo‘ladimi?

Shu o‘rinda qayd etish kerakki, Nyu-York aholisining taxminan 37%i, ya’ni 3,2 million kishi AQShdan tashqarida tug‘ilgan bo‘lib, aholining yarmidan ko‘pi esa umuman Amerika fuqaroligiga ega emas.

Yangiliklar lentasi
0