20:08 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
313 0 0

Germaniyaning janubi-gʻarbiy qismida joylashgan Trir-Saarburg tumanida F-16 qiruvchisi halokatga uchradi.

TOSHKENT, 8 okt – Sputnik. Germaniyaning janubi-gʻarbiy qismida joylashgan Trir-Saarburg tumanida F-16 qiruvchisi halokatga uchradi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Amerikaning Shpangdalem aviabazasi jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotga koʻra, samolyot AQSH harbiy havo kuchlariga tegishli va uning boshqaruvida amerikalik uchuvchi boʻlgan.

Uchuvchm katapulta yordamida samolyotdan otilib chiqishga muvaffaq boʻlgan. Pilot qidiruv guruhi tomonidan topilgani va u yengil jarohat olgani aniqlandi.

Politsiya maʼlum qilishicha, samolyot odam yashamaydigan hududda quladi.

Aviahalokat sabablarini tekshirish boʻyicha tekshiruv oʻtkazilmoqda.

Asosiy mavzular