06:35 24 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.70
  • EUR10553.06
  • USD9448.53
Merida, Meksika

Meksikada dargʻazab aholi hokimni mashinaga bogʻlab, shahar boʻylab sudrab ketishdi - video

© Flickr/ Olivier Bruchez
Dunyoda
Havola olish
104130

Meksikada norozi aholi hokimni mashinaga bogʻlab, shahar koʻchalari boʻylab sudrab ketishdi. Politsiya 30 kishini qoʻlga oldi.

TOSHKENT, 9 okt – Sputnik. Meksikada dargʻazab aholi Las-Margaritas tumani hokimi Xorze Eskandonni pikap mashinasiga bogʻlab, bir necha koʻcha boʻylab sudrab borishdi. Bu haqda RIA Novosti mahalliy Heraldodemexico xabar qildi.

Taʼkidlanishicha, amaldor mahalliy aholiga shaharda yoʻllarni qurishni vaʼda bergan, biroq buni bajarmagan.

Eskandonni arqon bilan mashinaga bogʻlashdi va politsiya mashinani toʻxtatmaguncha shahar boʻylab sudrab ketishdi.

Twitter’da bu haqda video paydo boʻldi. Videoda olomon erkak bogʻlangan mashina ortidan yugirayotgani aks etgan.

Hokimning hayotga hech narsa xavf solmayapti.

Mahalliy hukumat tomonidan aholi siyosatchini olib qochishda ayblab, 30 kishi qoʻlga olingani haqida axborot berdi.

Asosiy mavzular