07:19 24 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.70
  • EUR10553.06
  • USD9448.53
Uchastnitsы vo vremya vыstupleniya v finale konkursa krasotы

Tojikistonlik model yarim yalangʻoch holda sahnaga chiqishdan bosh tortdi - foto

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov
Dunyoda
Havola olish
146950

Xitoyda xalqaro Miss Tourism World 2019 goʻzallik tanlovi oʻtkazilmoqda. Tojikistonlik model bikinida raqsga tushish kerakligini bilmagan.

TOSHKENT, 9 okt – Sputnik. Miss Tourism World 2019 tanlovida tojikistonlik model Sabrina Zuxurova sahnaga bikinida chiqishdan bosh tortdi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.

Xitoyning Tsindao shahrida 24 sentyabrdan beri xalqaro goʻzallik tanlovi oʻtkazilmoqda. Uning finali 10 oktyabrda boʻladi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Sabrina Zukhurova (@_sabreen_queen_)

Tojikistonlik model tanlovning bir nechta bosqichidan oʻtdi va eng zoʻr beshta ishtirokchilar roʻyxatiga kirdi.

U bikinida raqsga tushish kerakligini bilmagan. U milliy raqsni ijro etishga tayyorganlik koʻrgan.

“Men tananing barcha qismlarini yopib turuvchi yubka kiygan edim, tashkilotchilar bikini kiyishimni soʻrashdi. Albatta, men tanlovda ishtirok etishdan bosh tortdim. Or-nomus tojdan muhimroq”, - deb javob berdi Sabrina.

Shundan soʻng hakamlar undan 50 ballni olib tashlashdi. Shunga qaramay Sabrina tanlovning eng yaxshi oʻntaligiga kirishga muvaffaq boʻldi.

Model Sputnik bergan intervyuda boshqa xalqaro goʻzallik tanlovlarda ishtirok etmaslikni aytdi.

Sabrina Zuxurova 24 yoshda. U Tojikiston milliy universitetini tamomlagan va hozirgi vaqtda bankda ishlamoqda.

Asosiy mavzular