TOSHKENT, 9 okt – Sputnik. Tojikiston statistika agentligi maʼlumotiga koʻra, mamlakatda jinoyatlar soni koʻpaydi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.
2019 yil 8 oyida roʻyxatga olingan jinoyatlar soni 16 mingga yetdi, bu oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 2,1 foizga koʻpaygani maʼlum boʻldi.
Rasmiylashtirilgan jinoyatlar umumiy sonidan 3,5 tasi (oʻtgan yilga qaraganda 2 foiz kamroq) “ogʻir” jinoyatlarni tashkil qiladi.
Eng koʻp jinoyatlar Soʻgʻd viloyatida sodir etilgan. Shu hududda 10,5 foizga ortgan.
Xatlon viloyatida jinoyatlar oʻtgan yilga nisbatan 9,5 foizga kamaygan.
Jinoyatlar bezorilik (4,7%), oʻgʻrilik (3,3%) va firibgarlik (1,7) jinoyatlari hisobiga koʻpaygan.
Zoʻrlash, bosqinchilik, talonchilik va giyohvand moddalar bilan bogʻliq jinoyatlar soni 2018 yilga nisbatan 25 foizga kamaydi.
Hisobot davrida jinoyatlarni fosh etish 2 foizga koʻpaydi.