07:55 12 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77

Severodvinskda AQSH diplomatlari poyezddan tushirib olindi

© Sputnik / Oleg Kuleshov
Dunyoda
Havola olish
594 0 0

Rossiyaning "rejimli" shahriga kirishga uringan AQSH diplomatlari Severodvinskdan 40 km masofada toʻxtatib qolindi.

TOSHKENT, 17 okt – Sputnik. Rossiya va AQSH orasida navbatdagi diplomatik mojaro avj olmoqda. Kecha Rossiya maxsus xizmatlari 3 nafar AQSH diplomatlarini Severodvinsk shahriga kirib kelishda poyezddan tushirib olishdi, RIA Novosti TIV xabariga asosan.

Ular xorijiy fuqarolar kirishi taʼqiqlangan hududga maxsus ruxsatnomasiz kirmoqchi boʻlishgan.

“AQSH elchixonasi xabarini toʻliq tasdiqlaymiz. Bu rasmiy tashrif edi. ular oʻz rejalari haqida Mudofaa vazirligini ogohlantirishgan, lekin xabar qilingan Arxangelsk shahri oʻrniga diplomatlar Severodvinsk tomon yoʻl olishgan”, - deyilgan TIV xabarida.

“Ehtimol ular rostdan ham adashib qolishgandir. AQSH elchixonasiga Rossiya xaritasini taqdim etishga tayyormiz”, - deyilgan TIV xabarida.

Maʼlumot uchun, Severodvinsk shahrida Rossiyaning markaziy dengiz poligoni va eng yirik kema quruvchi zavodlari joylashgan. Ikki oy oldin u yerda Rossyaning eng yangi, yadroviy dvigatel bilan jihozlangan raketasini  sinovdan oʻtkazish vaqtida avariya sodir boʻlgan edi. Oʻshanda “Rosatom”ning besh nafar xodimi vafot etgan.

Asosiy mavzular