21:09 12 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77

Tramp soʻzlari italiyalik tarjimonni shok holatiga soldi – video

© REUTERS / Tom Brenner
Dunyoda
Havola olish
83420

AQSH prezidenti Donald Tramp italiyalik tarjimonni hayratda qoldirdi. Donald Tramp qadimgi Rimdan beri AQSH va Italiyaning yaqinligini haqida aytdi, bu gap darhol internetda kulgi boʻldi.

TOSHKENT, 18 okt – Sputnik. AQSH prezidenti Donald Trampning Italiya yetakchisi Serdjo Mattarella bilan oʻtkazilgan qoʻshma matbuot anjumanida aytgan soʻzlariga italiyalik tarjimonning munosabati internetni “portlatdi”.

Xususan, Tramp “AQSH va Italiya ming yil qadimgi Rimdan beri umumiy madaniy va siyosiy meros bilan bogʻlangan”, - deb aytdi. AQSH prezidentining soʻzlari Oq uy Tvitter’dagi rasmiy sahifasida keltirilgan.

Shuningdek, Tramp Italiya prezidenti Mattarellaning familiyasini mashhur Italiya pishlogʻi “Matsaprella” deb notoʻgʻri aytdi.

Italiyalik tarjimonning reaktsiyasi juda oʻzgacha boʻldi, uning yuz koʻrinishi memga aylandi.

Eslatib oʻtamiz, AQSH yetakchisi Donald Tramp 17 oktyabr kuni Vashingtonda Italiya prezidenti Serjio Mattarellani qabul qildi.

Asosiy mavzular