06:39 16 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Samolyotы F-16

Germaniyada NATO maxfiy oʻquvlari boshlandi

© Sputnik / Aleksey Vitvitskiy
Dunyoda
Havola olish
307 0 0

GFR harbiy-havo kuchlari oʻquvlarda Panavia Tornado qiruvchi-bombardimonlariga ega 33-aviatsiya-eskadrasi ishga solgan. Ular Reynland-Pfalts federal yerida joylashtirilgan.

TOSHKENT, 19 okt – Sputnik. Germaniyada NATO boʻyicha sheriklar hamkorlikdagi maxfiy oʻquvlarni oʻtkazmoqda. Harbiy mashgʻulotlar atom urushi boshlanishi stsenariysini nazarda tutadi, deb xabar qildi Kronen Zeitung nashri.

Nashr xabariga koʻra, "Steadfast Noon" (Barqaror peshin) nomini olgan manyovrlar shu hafta boshlangan. Ularda samolyotlarda yadro qurolini xavfsiz transportirovka qilish mashqlari yaxshilab oʻrganilgan.

GFR harbiy-havo kuchlari oʻquvlarda Panavia Tornado qiruvchi-bombardimonlariga ega 33-aviatsiya-eskadrasi ishga solgan. Ular Reynland-Pfalts federal yerida joylashtirilgan.

Nashr maʼlumotiga koʻra, bu yerda avvalgidek B61 tipdagi amerika yadroviy boyegolovkalari saqlanib kelinadi.

Sal oldin, Rossiya TIV rahbari oʻrinbosari Sergey Ryabkov jahondagi strategik stabillik sohasidagi vaziyat tobora yomonlashayotgani, garchi tomonlarda bunga xohish boʻlmasa-da, yadro urushi boshlanishi xavfi yuzaga kelgani haqida gapirgan edi.

Rossiya Fanlar Akademiyasi qoshidagi Xalqaro xavfsizlik markazi rahbari, akademik Aleksey Arbatov yadro urushi qanday boshlanishi mumkinligi haqida oʻz taxminlari bilan boʻlishdi. Arbatovga koʻra, AQSH va Rossiya oʻrtasida yadroviy urush yolgʻon "trevoga" yoki mahalliy darajadagi mojaroning ziddiy tus olishi singari stsenariylar asosida yuz berishi mumkin.

Shuningdek, BMT bosh kotibining qurolsizlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Idzumi Nakamitsu ham yaqinda yadro urushi xatarlari oshayotganini, dunyodagi vaziyat tobora xavfli tus olayotgani haqida bayonot bilan chiqdi. Nakamitsu mamlakatlar oʻrtasida ishonch yetishmasligi, muloqot tanqisligi, ilm-fan va yangi texnologiyalarning shiddat ila rivojlanishi "qiyomat kuni"ni yaqinlashtirmoqda, deb hisoblaydi.

Asosiy mavzular