08:38 12 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77

Bolgariya “Turk oqimi” uchun gaz quvuri qurishni boshladi

© Sputnik / Ilya Pitalev
Dunyoda
Havola olish
263 0 0

“Turk oqimi” Janubi-sharqiy Yevropani gaz bilan taʼminlashda muhim ahamiyatga ega. Gaz quvuri bitganidan soʻng Turkiya Sharqiy Yevropa uchun muhim gaz taqsimlovchi xabga aylanadi.

TOSHKENT, 21 okt – Sputnik. Sofiyada boʻlib oʻtgan tantanali marosimda Bolgariya bosh vaziri va Rossiyaning Bolgariyadagi elchisi “Turk oqimi”ning ikkinchi tolasiga ulanish uchun gaz quvuri infratuzilmasi qurishni boshlashga start berishdi, RIA Novosti xabariga asosan.

Bu haqida jurnalistlarga Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov  Bolganiya tashqi ishlar vaziri Yekaterina Zaxariyeva bilan boʻlib oʻtgan telefon suhbatidan soʻng xabar qildi.

“Hamkorlar barcha ishlar belgilangan muddatda, 2020 yilda tugatilishiga ishonch bildirishdi”, - dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri.

Loyihaga muvofiq “Turk oqimi” ikki toladan iborat boʻladi. Ularning har birining quvvati 15,75 milliard metr kub. Birinchi toladan gaz Turkiyaga ikkinchi toladan esa – Bolgariya orqali Janubiy va Janubi-Sharqiy Yevropaga yetkazib beriladi. “Turk oqimi” loyihasi Janubi-sharqiy Yevropa mamlakatlarini gaz bilan taʼminlashda ulkan ahamiyatga ega. Gaz quvuri qurib bitkazilganidan soʻng Turkiya Sharqiy Yevropa uchun muhim gaz taqsimlovchi xabga aylanadi. 

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev 19 oktyabr kuni Serbiyada soʻzlagan nutqida ushbu loyiha butun Yevropa uchun samarali boʻlishini xabar qilgan edi.

Eslatib oʻtamiz, bir kun oldin Turk oqimining birinchi tolasining dengiz ostidan oʻtgan qismini gaz bilan toʻldirish boshlangan edi. Bu gaz quvuri ishga tushirilishidan oldingi eng soʻnggi bosqichdir.

Asosiy mavzular