Rossiya vertolotlari Suriyadagi AQSh bazasiga qo‘ndi

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Mediabankka o‘tishVertolet siriyskix VVS sovershayet oblet aviabazi "Xama" v prigorode goroda Xama siriyskoy provinsii Xama.
Vertolet siriyskix VVS sovershayet oblet aviabazi Xama v prigorode goroda Xama siriyskoy provinsii Xama. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerika askarlari Turkiya-Suriya hududlari chegaralarini tark etishda davom etmoqda, ularning ba’zilari Rossiya nazoratiga o‘tmoqda.

TOShKENT, 22 okt – Sputnik. Rossiya havo-kosmik kuchlari vertolotlari Suriyaning shimolida avval AQSh harbiy bazasi joylashgan aerodromga qo‘ndi, deb xabar beradi RIA Novosti.

NATO bez Tursii? Fransiya prizvala isklyuchit Ankaru iz alyansa - Sputnik O‘zbekiston
Fransiya Turkiyani NATOdan chiqarishni taklif qildi

Vertolotlar Rakka viloyatidagi Tabka aerodromiga qo‘ndi. Hozirda harbiy obyekt Damashq tomonidan nazorat qilinadi.

Suriyalik zobitning so‘zlariga ko‘ra, 2014-yilda ushbu hudud "Islom davlat" terrorchilik uyushmasi (Rossiya hududida taqiqlangan ID yoki IShID) jangarilari tomonidan bosib olingan, uch yildan so‘ng aerodrom muxolifatdagi Suriya Demokratik Kuchlari nazorati ostida bo‘lgan, keyinchalik shu yerda AQSh bazasi joylashtirilgan.

9 oktabrdan beri Turkiya Suriyaning shimoli-sharqida kurd bo‘linmalariga qarshi “Tinchlik bulog‘i” amaliyotini olib bormoqda. Bundan oldin AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh qo‘shinlari hududdan olib chiqilishini e’lon qilgandi.

Kurdlar va Damashq turklarga qarama-qarshilik to‘g‘risida kelishuvga erishdilar, Suriya armiyasi oldinroq kurdlar nazoratida bo‘lgan bir qancha shaharlarni egallab oldi, shu jumladan, Rakkaga besh yil ichida birinchi marta kirdi.

Yangiliklar lentasi
0