06:55 16 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Vыstavka svadebnoy i vecherney modы v Moskve

Buyuk va qaygʻuli muhabbat: xitoylik yigit sevgilisining dafn marosimini toʻyga aylantirdi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova
Dunyoda
Havola olish
40030

Syu Shinan soʻzlariga koʻra, u rafiqasiga tobuti boshida yigʻlamaslikka soʻz bergan, biroq qizning tanasini krematsiyaga olib ketishganlarida, yigit koʻz yoshlarini tiya olmadi

TOSHKENT, 23 okt — Sputnik. Xitoylik erkak oʻz sevgilisi dafn marosimida toʻy tantanasini tashkillashtirdi, deb xabar bermoqda AsiaOne portali.

Xabarga koʻra, juftlik 2013 yil nikohni qayd etgan. Ammo 28 yashar Yan Lyu oʻng koʻkragida ogʻriq sezib, shifokorga murojaat etgani etishi sababli toʻy qoldirilgandi. Tibbiyot xodimlari qizda koʻkrak bezi saratoni kasalligini aniqlaydilar. Uning besh yillik umri qolgandi.

Yan Lyu shifokorlar qoʻygan tashxisga qaramay, kasallikni yengishga harakat qiladi va Weibo ijtimoiy tarmogʻi orqali oʻzining davolanayotgani haqida muntazam xabar berib boradi. Qiz jarrohlik amaliyoti, kimyo- va nurli terapiya kurslarini boshdan oʻtkazadi.

Bir necha yildan soʻng bemor tuzala boshlaydi va sherigi Syu Shinan bilan yana toʻy marosimiga tayyorgarlik koʻradi. Ammo 2018 yilda saraton kasalligi yana koʻrinish berib, juftlik oʻz rejasini oʻzgartirishga majbur boʻladi.

Yan Lyu oktyabr oyi oʻrtasida, rak kasalligiga qarshi olib borilgan besh yillik kurashdan soʻng vafot etdi.

Shinan qaygʻuli hodisaga qaramay, sevgilisi uchun toʻy marosimini oʻtkazishga ahd qiladi. Tantana qizning dafn marosimi kuni tashkillashtiriladi. Erkak Yan Lyu uchun atay toʻy libosini xarid qilgan edi.

Syu Shinan soʻzlariga koʻra, u rafiqasiga tobuti boshida yigʻlamaslikka soʻz bergan, biroq qizning tanasini krematsiyaga olib ketishganlarida, yigit koʻz yoshlarini tiya olmadi.

Asosiy mavzular