14:11 23 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
295 0 0

Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko Rossiyada xorijiy talabalarning ishlash sharoitlarini qanday yaxshilash mumkinligini aytdi.

TOSHKENT, 30 okt – Sputnik. Rossiyada xorijiy talabalarning ishlashi uchun ruxsat berilishini nazarda tutgan qonun loyihasi yil yakuniga qadar qabul qilinishi kutilmoqda. Bu haqda Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko maʼlum qildi. 

“Har yili Qrimda Federatsiya Kengashi shafeligida xalqaro gumanitar Livadiy forum oʻtkaziladi. Forumda muhokama qilinadigan masalalardan biri – Rossiyada xorijiy talabalarni ish bilan taʼminlash uchun yanada erkin va qulay shart-sharoitlarni yaratish”, - dedi Valentina Matviyenko.

Federatsiya Kengashi qonun loyihasini tayyorlamoqda.

Matviyenkoning soʻzlariga koʻra, kuzgi sessiyada loyiha kelishiladi va Rossiyada barcha xorijiy talablar, agar xohlasa, ishlashlari mumkin.

Bu qonun loyihasi xorijiy talabalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.

Asosiy mavzular