Al-Bag‘dodiyni yo‘q qilish operatsiyasining videosi paydo bo‘ldi

© Youtube / Addounia HomsTVLider gruppirovki "Islamskoe gosudarstvo" Abu Bakra al-Bagdadi
Lider gruppirovki Islamskoe gosudarstvo Abu Bakra al-Bagdadi  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tkazilgan DNK tahlili yo‘q qilingan kishi Al-Bog‘dodiy ekanini tasdiqlaydi, uning tanasi dengizga ko‘mildi, dedi AQSh generali.

TOShKENT, 31 okt - Sputnik. Pentagon “Islomiy davlat” terrorchilik guruhi rahbari Abu Bakr Al-Bog‘dodiyning yo‘q qilish videosini e’lon qildi, RIA Novosti asosan.

AQSh Markaziy Qo‘mondonligi boshlig‘i general Kennet Makkenzi tomonidan namoyish etilgan videolavhada Suriyaning shimoli-g‘arbiy qismida Idlib viloyatida terrorchi yashiringan bino ko‘rsatilgan. 

General ta’kidlashiga ko‘ra, AQSh kuchlari binoga havodan turib zarba bergan. Bino atrofini qo‘riqlayotgan kishilar bunga qarshilik ko‘rsatishga uringan.

Makkenzi aytishiga qaraganda, Al-Bog‘dodiy o‘zi va 2 nafar farzandlarini portlatib yuborgan. Bolalar yoshi 12gacha bo‘lgan. O‘tkazilgan DNK tahlili yo‘q qilingan kishi Al-Bog‘dodiy ekanini tasdiqlaydi. Al-Bog‘dodiyning tanasi dengizga ko‘mildi, dedi AQSh generali.

Eslatib o‘tamiz, Al-Bog‘dodiyning o‘limi haqida ilq bor Donald Tramp 27-oktabr kuni o‘z tvitterida xabar qilgan edi. Rossiya Mudofaa vazirligi Moskvada ushbu terrorchi yo‘q ilingani haqidagi xabarlarni tasdiqlash uchun ishonchli dalillar yo‘qligini ta’kidlagan edi.

Yangiliklar lentasi
0