21:57 31 Mart 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
286 0 0

Arab davlatlari, Lotin Amerikasi va Osiyo-Tinch okeani hududi - BMT jurnalistlar uchun  eng xavfli mamlakatlarni sanab oʻtdi.

TOSHKENT, 3 noya – Sputnik. Xalqaro jurnalistlar kuni arafasida - BMT  jurnalistlar uchun dunyodagi eng xavfli mamlakatlarni sanab oʻtdi, YUNESKO xabariga asosan.

Dunyo boʻyicha 2014 – 2018 yillar orasida 1109ta jurnalist qurbon boʻlgan. Bu oldingi besh yillikka nisbatan 18 %ga koʻp. Eng achinarlisi shundaki – ushbu jinoyatlardan 90 %i jazosiz qolgan.

Jurnalistlar uchun eng xavfli hudud – bu arab davlatlari deyilgan hisobotda. U yerda yuqorida qayd etilgan qotilliklarning 30 % amalga oshirilgan. Ikkinchi oʻrinda – Lotin Amerika davlatalari – 26 %.  Uchinchi oʻrinda – Osiyo-Tinch okeani hududi.

Oldin aksariyat jurnalistlar qaynoq nuqtalarda vafot etgan boʻlsa, endi ushbu manzara sezilarli darajada oʻzgargan. Hisobotda qayd etilgan jurnalistlarning 93 % mahalliy  jurnalistlar boʻlib ular korruptsiyaga qarshi kurash va yuqori lavozimli shaxslarning vazifasini suisteʼmol qilishiga qarshi reportajlar tayyorlash  vaqtida qurbon boʻlgan.

Yunesko direktori Odri Azule  aytishiga qaraganda jurnalistlar oʻlimida aybdorlarni jazosiz qoldirish yangi jinoyatlarga olib kelishi mumkin, bunday tartibni oʻzgartirish vaqti kelgan.

MDH davlatlarida jurnalistlar vafot etishi boʻyicha quyidagi maʼlumotlar qayd etilgan: Rossiyada 1996 yildan boshlab 34ta jurnalist, Ukrainada 1995 yildan boshlab 16ta jurnalist, Ozarbayjonda – 3ta jurnalist qurbon boʻlgan.

Asosiy mavzular