22:57 22 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Miss Moskva 2015 Oksana Voyevodina i eks-korol Malayzii Muxammad V Faris

Sobiq qirol Moskva goʻzaliga farzandi uchun juda katta pul taklif qildi

© Instagram / rihanapetra
Dunyoda
Havola olish
235120

Malayziya sobiq qiroli Muhammad V Oksana Voyevodinaga farzandi Leon uchun ishonch jamgʻarmasini ochishni taklif qildi.

TOSHKENT, 7 noya – Sputnik. Malayziya sobiq qiroli Muhammad V oʻzining sobiq rafiqasi, “Miss Moskva” unvoni sohibasi Oksana Voyevodinaga farzandi Leon uchun ishonch jamgʻarmasini ochishni taklif qildi, deb xabar qildi RIA Novosti Daily Mail nashriga asosan.

Hisobdagi mablagʻ 250 ming dollarni tashkil etadi. Biroq buning evaziga sobiq qirol u va farzand bilan hech qanday aloqa qilmasligini hamda uni diniy taʼlimga asoslangan islom urf-odatlari boʻyicha tarbiyalanishini talab qildi.

Kelishuvning yana bir sharti - bu Voyevodina farzandi va sobiq turmush oʻrtogʻi foto-suratlarini joylashtirgan ijtimoiy tarmoqdagi barcha akkauntlarini yopish kerak. Uning instagram sahifasida 570 mingga yaqin obunachilari bor.

Jamgʻarmadan tashqari Sulton Voyevodinaga 10 oy davomida 100 ming dollar ajratishga tayyor ekanligini maʼlum qildi. Biroq Oksana bu taklifga rozi emas va sud orqali farzandning qirol oyilasi aʼzosi ekanligi va taxtga huquqi borligini isbotlamoqchi.

Muhammad V esa Voyevodinaning farzandi otasi har qanday osiyolik koʻrinishga ega boʻlgan erkak boʻlishi mumkinligini taʼkidlamoqda.

Bundan avval Oksana intervyulardan birida uning nikohi homiladorlikning toʻrtinchi oyida buzilganligini aytgan. Ayolning soʻzlariga koʻra, bu haqda internetdan bilib olgan, u bilan shaxsan hech kim bogʻlanmagan. Voyevodina hech qanday rasmiy hujjat olmaganligini taʼkidlamoqda.

2018 yil noyabrda rossiyalik model va Muhammad V toʻyi boʻlgan edi. Aprel oyida ayol islom dinini qabul qilib, Rixana ismini olgandi. Bir yarim oydan keyin toʻsatdan qirol taxtdan voz kechdi.

21 may kuni oilada oʻgʻil farzand tugʻildi, uning ismini Tenku Ismoil Leon Petr Bin Tenku Muhammad V Faris Petr deb qoʻyildi.

Asosiy mavzular