13:45 16 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Bыvshiy prezident SSSR Mixail Gorbachev

Gorbachyov SSSR parchalanishida kim aybdorligini aytdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov
Dunyoda
Havola olish
2814 0 0

SSSR sobiq prezidenti Mixail Gorbachyov Der Spiegel jurnaliga bergan intervyusida Sovet Ittifiqi parchalanishi uchun kim javobgar ekanini aytdi.

TOSHKENT, 10 noya — Sputnik. SSSR sobiq prezidenti Mixail Gorbachyov Sovet Ittifiqi parchalanishida avgust oyidagi davlat toʻntarishi tashkilotchilari aybdor ekanini maʼlum qildi.

“Qayta qurish oxiri va Sovet Ittifoqi parchalanishi uchun 1991 yil avgust oyida davlat toʻntarishini tashkil etgan, toʻntarishdan soʻng SSSR prezidentining zaiflashgan pozitsiyasidan foydalanganlar javobgarlar”, - deya maʼlum qildi Gorbachyov Germaniyaning Der Spiegel jurnaliga bergan intervyusida.

U qayta qurishning ehtimoliy xatarlarnini anglaganini, ammo mamlakat rahbariyati oʻzgarishlar zarurligini tushunganini qoʻshimcha qilgan.

 “Avvalgidek yashashning iloji yoʻq edi. Qayta qurishning muhim qismi ham umuminsoniy qadriyatlar va yadroviy qurolsizlanish, ham tanlov erkinligini qamrab olgan yangi tashqi siyosat edi”, - deya tushuntirgan soʻnggi sovet yetakchisi.

Gorbachyov qayta qurishdan afsuslanmasligi, lekin islohotlar yoʻlida xatolar va kamchiliklar boʻlganini tan olishini taʼkidlagan. Shuningdek, u Rossiya totalitar tuzumga hech qachon qaytmasligi haqida fikr bildirgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Mixail Gorbachyov NATOni kengaytirish qarorini Gʻarbning eng katta strategik xatosi deb bilishini maʼlum qilgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular