07:09 09 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Obed v stolovoy

Italiyada ajrashgan erkaklar uchun boshpanalar ochilmoqda - ular soni shiddat bilan oshyapti

© Sputnik / Kirill Kallinikov
Dunyoda
Havola olish
679 0 0

Ayollari tomonidan uydan quyilgan italiyaliklar oʻz sobiq rafiqalariga moddiy yordam koʻrsatishga va hatto ijaraga boshpana olishga qodir emas

TOSHKENT, 16 noya — Sputnik. Italiyada ajrashgan erkaklar uchun boshpanalar ochilmoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirgʻiziston "Rossiyskaya gazeta" xabariga tayangan holda.

Xabarda aytilishicha, bu mamlakatda er-xotin ajrashadigan boʻlsa, 60% holatlarda umumiy boshpana bolalari bilan yolgʻiz qolayotgan ayol nomida qoladi. 94 % holatlarda erkaklar zimmasiga nafaqat oʻz farzandlari, balki rafiqasi uchun ham aliment toʻlash majburiyati yuklanadi. Toki ayol ajrashgandan soʻng hayot tarzi darajasi pasayganini his qilmasligi lozim.

Italyan erkaklariga bu toʻlovlar oyiga oʻrtacha 1 000 yevroga tushmoqda va ular orasida hatto ishlaydiganlari ham bu mablagʻlarni toʻlashga imkonsiz qolmoqda.

Ayollari tomonidan uydan haydab chiqarilgan italiyalik erkaklar ularga moddiy yordam koʻrsatish nari tursin, hatto oʻzi uchun ijaraga boshpana olishga qodir emas. Ularning aksariyati doʻstlari va tanishlarinikida yashashga majbur boʻlmoqda. Ayrimlari oqshomlarni shaxsiy avtomobillarida oʻtkazishmoqda. Bu singari erkaklar soni yiliga oshmoqda.

Ajrashgan erkaklar uyushmasi taʼkidiga koʻra, mahalliy hukumat bu muammoga katta eʼtibor qaratmoqda, sababi u oddiy masaladan oʻtkir ijtimoiy tus olgan muammoga aylangan va hech koʻpirtirishlarsiz aytish mumkinki, bugungi kunda davlat miqyosigacha koʻtarildi.

Bugun butun mamlakatda ajrashayotgan erkaklar uchun boshpanalar qurilmoqda, boshpanalar volonterlar yoki nasroniylik tashkilotlari tomonidan taqdim etilmoqda. 

Erkaklar uchun bu nafaqat boshpanaga ega boʻlish, balki farzandlar bilan koʻrishish va uning hayotini odatiy tartibga qaytarishga qodir bepul psixolog maslahatini olish uchun imkoniyat demakdir. Ammo bu kabi makonlarda bir yildan ortiq muddat qolish mumkin emas. Shu vaqt ichida erkak doimiy ish va turarjoyga ega boʻla olishi shart.

Asosiy mavzular