12:21 16 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Kandidat v premyer-ministrы Armenii Nikol Pashinyan v Natsionalnom Sobranii Armenii (8 maya 2018). Yerevan

Armaniston bosh vaziri QR-kodlarda shaytonni izlamoqda

© Sputnik / Aram Nersesyan
Dunyoda
Havola olish
670 0 0

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Xavfsizlik xizmatiga QR-kod va Iblis oʻrtasida bogʻliqlik bor-yoʻqligini aniqlash topshirigʻini berdi. Siyosatchining bu tashabbusi katta shov-shuvlarga sabab boʻlmoqda. Jamiyat ikkki lagerga boʻlingan.

TOSHKENT, 16 noya - Sputnik. Armaniston hukumati payshanba kuni boʻlib oʻtgan majlisida QR-kod (tovarlardagi shtrixkod) va iblis oʻrtasidagi bogʻliqlik haqida esga oldi. Voqea atrof-muhit vaziri Erik Grigoryan ovga onlayn-ruxsat olish boʻyicha loyiha taqdimotini oʻtkazayotgan vaqtda roʻy berdi.

Mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyan Armanistondagi elektron bitimlar darajasidan qoniqmasligini taʼkidlagan va bunga odamlarda bu haqda yetarli tushuncha yoʻqligini asos qilib koʻrsatgan. Internet tarmogʻi orqali bitim imzolashdan koʻpchilik choʻchishi, ayniqsa, ayrim siyosiy kuchlar va jismoniy shaxslar oʻrtasida yuz berayotgan firibgarlik holatlaridan soʻng bu qoʻrquv avj olgani taʼkidlangan.

"Hazilga oʻrin yoʻq, hammasi jiddiy, men MXXga maʼlum doiralar va iblis oʻrtasida hamkorlik bor-yoʻqligini aniqlash boʻyicha koʻrsatma berdim. Mana, sizlar kulgiga olyapsizlar, lekin muammo rostdan bor ekan, u holda aniqlash kerak. Bu milliy xavfsizlikka tegishli masala. Agar kimdadir bu borada maʼlumotlar boʻlsa, MXXga murojaat qilishni soʻrayman", - degan Pashinyan.

Pashinyanning bu gaplari bir zumda dunyoning eng yetakchi OAVlarida chop etildi. Armaniston bosh vaziri aytgan gaplar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Kimdir Pashinyan mamlakatdagi oxirgi oʻzgarishlardan kelib chiqqan holda iblisga oid mavzuni trolling qilmoqda, desa, yana kimdir - hukumat rahbari jiddiy gapirganiga ishonch bildirgan.

Raqamli identifikatsiya tizimida yovuz kuchlar mavjudligi mavzusi Armaniston jamiyatida birinchi marta keng muhokamaga sabab boʻlayotgani yoʻq. Fitnachilar til biriktirganiga ishonuvchi fuqarolar elektron markirovkaga aloqasi boʻlgan texnologiyalarni boykot qilishmoqda. Shtrixkodlarni - odamlar ketidan kuzatuv uyushtirish instrumenti, deb hisoblaydiganlar ham talaygina.

Masalaga oydinlik kiritish uchun, endilikda Armaniston milliy xavfsizlik xizmati bu ish bilan jiddiy shugʻullanishga kirishgan.

Asosiy mavzular