Rossiya va Saudiya Arabistoni S-400 majmuasini yetkazib berishga kelishib oldi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishKompleks PVO S-400 "Triumf" zastupil na boyevoe dejurstvo v Sevastopole
Kompleks PVO S-400 Triumf zastupil na boyevoe dejurstvo v Sevastopole - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mariya Vorobyovaning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning S-400 majmuasiga Yaqin Sharqning yana bir necha mamlakati qiziqish bildirmoqda.

TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Rossiya va Saudiya Arabistoni S-400 “Triumf” zenit raketa tizimini yetkazib berish shartlarini kelishib oldi. Bu haqda RIA Novostiga Harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha federal xizmatning rasmiy vakili Mariya Vorobyova ma’lum qildi.

Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Tursiyu - Sputnik O‘zbekiston
Putin Saudiya Arabistoniga S-300 yoki S-400 sotib olishni taklif qildi

Ta’kidlanishicha, ushbu shartnoma 2017-yilda imzolangan.

Mariya Vorobyovaning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning S-400 majmuasiga Yaqin Sharqning yana bir necha mamlakati qiziqish bildirmoqda.

S-400 "Triumf" - zamonaviy uzoq masofaga mo‘ljallangan havo mudofaasi tizimi hisoblanadi. U havo kemalari, qanotli va ballistik raketalarni yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, yerdagi nishonlarni yakson qilish uchun qo‘llanishi mumkin.

Iroq ham S-400 sotib olishga qaror qildi

Majmuaning zarba berish masofasi 400 kilometrni tashkil qiladi. Shuningdek, 30 km balandlikdagi nishonlarni yo‘q qilishga qodir.

Yangiliklar lentasi
0