Tbilisida kuchishlatar bo‘linmalari namoyishchilarni tarqatib yuborishni boshladi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishAksii protesta v Tbilisi
Aksii protesta v Tbilisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tbilisida kuchishlatar bo‘linmalari parlament binosi oldida to‘plangan muxolifat mitingini tarqatib yuborishni boshladi.

TOShKENT, 18 noya – Sputnik. Tbilisida kuch ishlatar bo‘linmalari parlament binosi oldida muxolifat mitingini tarqatib yuborishni boshladi, deb xabar qildi Sputnik Gruziya.

Prodaves rasstavlyayet na polkax butilki shampanskogo vina - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada Gruziya vino va suvlari importini taqiqlash masalasi ko‘rib chiqiladi

Avvali namoyishchilarga qarshi kuch ishlatilmadi, keyinchalik rezina tayoqlari va suv to‘plari ishlatildi.

Namoyishchilarning bir qismi maxsus kuchlarning harakatlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun asfaltga yotdi.

Keyinchalik qo‘shimcha kuchlar yuborildi. Natijada bir necha xavfsizlik kuchlari brigadasi parlament binosini o‘rab olib, ba’zi kirish joylarini bo‘shatdi.

Ayni paytda xavfsizlik kuchlari poytaxtning markaziy ko‘chasidagi yo‘lni tozalashga harakat qilmoqda.

Gruziya parlamenti arafasida konstitutsiyaga aralash saylov tizimidan proporsional tizimga o‘tishni nazarda tutuvchi tuzatishlarni qabul qila olmadi. Poytaxtda minglab norozilik namoyishlari boshlandi.

Muxolifatdagi barcha kuchlar bir joyga to‘planib, navbatdan tashqrai parlament saylovlari va o‘tish davri hukumati tayinlanishni talab qilinmoqda.

Dushanba kuni namoyishchilar parlamentga kirishni to‘sib qo‘ydilar.

Gruziyaning Yevropa parlamenti deputati Yelena Xoshtariya, muxolifat norozilik namoyishi tarqalishiga qaramay, seshanba kuni parlamentni piket qilishni davom etishini aytdi.

Yangiliklar lentasi
0