Turkiya AQShga S-400dan voz kechmasligini aytdi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishPodgotovka voyennoy texniki k forumu "Armiya-2017" v Rostovskoy oblasti
Podgotovka voyennoy texniki k forumu Armiya-2017 v Rostovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Erdo‘g‘on amerikalik hamkasbi Donald Trampga Anqara Rossiyaning S-400 havo hujumiga qarshi tizimini sotib olish qarorini o‘zgartirmasligini bildirgan.

TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Turkiya prezidenti Tayyib Erdo‘g‘on AQShga tashrifi davomida amerikalik hamkasbi Donald Trampga Anqara Rossiyaning S-400 havo hujumiga qarshi tizimini sotib olish qarorini o‘zgartirmasligini bildirgan.

Zenitno-raketniy kompleks S-400 Triumf - Sputnik O‘zbekiston
Pushkov: Ar-Riyodning S-400 sotib olishi AQSh uchun “yoqimsiz yangilik”

“Biz Trampga S-400 bo‘yicha ortga qadam qo‘ymasligimizni aytdik. U bilan masalani hal qilib olishga kelishdik. Men yana bir bor qanday qilib S-400ni sotib olishga kelganimizni tushuntirdim va u bizning haqligimizni tan oladi”, - deya Turkiya yetakchisi so‘zlaridan keltiradi RIA Novosti.

Anqaraga Rossiyaning S-400 zenit-raketa majmualari yetkazib berilishi Turkiya va AQSh munosabatlariga sovuqchilik tushirdi. Amerika Turkiyaga bir necha marta po‘pisa qildi. Biroq Turkiya bu tahdidlarga parvo qilmasdan S-400 xarid qildi. Ta’kidlanishicha, Anqara xarid qilgan Rossiya ZRM 2020-yilda to‘liq harakatga keltiriladi.

Yangiliklar lentasi
0