15:38 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Dunyoda
Havola olish
674 0 0

Bishkekdagi KXSHT sammitida afgʻon-tojik chegarasini mustahkamlash, axborot urushlariga qarshi choralar ishlab chiqish hamda gʻalabaning 75 yilligini nishonlash masalalari koʻrib chiqildi.  

TOSHKENT, 28 noya — Sputnik. Moskva KXSHT doʻstlar davrasini kengaytirishga harakat qiladi, dedi Vladimir Putin Bishkekdagi Ala-Archa qarorgohida boʻlib oʻtayotgan KXSHT sammitida, RIA Novosti xabariga asosan.

Prezident aytishiga qaraganda Rossiya oʻtgan yilda boshqa davlatlar uchun KXSHTda kuzatuvchi yoki hamkor maqomini beruvchi hujjatlarni tasdiqlagan.

“Ushbu hujjatlar KXSHTning barcha aʼzolari tomonidan tasdiqlanganidan soʻng, ushbu tashkilotga aʼzo boʻlishga qiziqayotgan davlatlar bilan yaqin hamqorlikni yoʻlga qoʻyish uchun suhbat qurish mumkin boʻladi”, - dedi Putin.

Bugungi majlisda shuningdek afgʻon-tojik chegarasini mustahkamlash, BMT bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, yangi chaqiriq va xavflarga qarshi kurashish mexanizmlari, jumladan axborot sohasida ham, gʻalabaning 75 yilligini nishonlash va boshqa masalalar qoʻyilgan.  

Eslatib oʻtamiz, KXSHTning bugungi sammiti Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov raisligida boʻlib oʻtmoqda. Navbatdagi sammitga esa Belarus vakili Stanislav Zas raislik qiladi. Sammitida Rossiya va Qirgʻiziston, Tojikiston va Qozogʻiston, Belarus va Armaniston davlat rahbarlari ishtirok etmoqda.

Asosiy mavzular