01:24 07 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99

“Miya oʻlimi”: Tramp Frantsiya yetakchisining NATO haqidagi soʻzlarini tanqid qildi

© REUTERS / Vincent Kessler
Dunyoda
Havola olish
33410

AQSH prezidenti Donald Tramp Frantsiya prezidenti Emmanuel Makronning NATO “miya oʻlimi” haqidagi soʻzlarini tanqid ostiga oldi.

TOSHKENT, 3 dek – Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp Frantsiya prezidenti Emmanuel Makronning NATO “miya oʻlimi” haqidagi soʻzlarini tanqid ostiga oldi.

Ilgariroq, Makron The Economist jurnaliga bergan intervyusida, NATO ittifoq ichidagi muvofiqlashtirishni butunlay yoʻqotdi, buni “miya oʻlimi” deb taʼriflash mumkin.

Uning soʻzlariga koʻra, NATOda AQSH va boshqa sheriklar oʻrtasida strategik qarorlar boʻyicha muvofiqlik yoʻq.

“Frantsiya yaxshi iqtisodiy ahvolda emas, ularda vaziyat ogʻir. Frantsiyada bunday qiyishchiliklar duch kelganda, bu keskin bayonot. “Sariq nimchalar” bilan nima boʻlayotganiga qarang, bunday bayonotlarni berish mumkin emas. Bu hurmatsizlik belgisi”, - dedi Tramp.

Tramp NATO davlatlari yetakchilari sammitida ishtirok etish uchun Londonga keldi.

AQSH prezidenti fikriga koʻra, “Hech kim Frantsiyachalik, NATOga muhtoj emas”.

“NATO buyuk maqsadga xizmat qiladi... Bunday bayonot 28 davlat uchun haqoratli hisoblanadi”, - deb qoʻshimcha qildi AQSH yetakchisi.

Asosiy mavzular