01:22 07 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Zenitnыe raketnыe sistemы S-400

Tramp Turkiyaning S-400 xarid qilishida kim aybdor ekanini aytdi

© Sputnik / Sergey Pivovarov
Dunyoda
Havola olish
562 0 0

AQSH prezidenti Turkiyaning Amerika Patriot majmualari oʻrniga Rossiyaning S-400 majmualarini sotib olishida sobiq prezident Barak Obama administratsiyasini aybladi.

TOSHKENT, 3 dek — Sputnik. Sobiq Amerika prezidenti Barak Obamaning administratsiyasi Turkiyaning Rossiyadan S-400 majmualarini sotib olishida aybdor. Bu haqda AQSH prezidenti Donald Tramp maʼlum qildi.

“Barak Obama administratsiyasi Turkiyaga Patriot raketalarini vaʼda qildi, lekin ularga sotmadi. Ular Turkiyaga raketalarni yetkazib bermadi. Bir qancha vaqtdan soʻng Turkiya Rossiya tizimlarini sotib oldi”, - deya Tramp soʻzlaridan keltiradi RIA Novosti.

Yaqinda Turkiyada xarid qilgan S-400 raketa zenit tizimini sinovdan oʻtkazdi. Sinov ikki kun davom etdi.

Eslatib oʻtamiz, Turkiya va AQSH munosabatlarida inqirozni keltirib chiqargan Rossiyaning havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi S-400ning yetkazib berilishi iyul oyi oʻrtalarida boshlangan edi. Erdogʻanning soʻzlariga koʻra, C-400 2020 yilning aprelida toʻliq ishga tushiriladi. Vashington muntazam ushbu bitimdan voz kechishga, oʻrniga Amerikaning Patriot majmualarini xarid qilishga chaqirdi, aks holda Turkiyaga qiruvchilarning eng soʻnggi avlodi F-35 sotuvini toʻxtatib qoʻyish yoki umuman bekor qilish va hatto sanktsiyalar kiritish bilan tahdid qildi. Anqara bunga rozi emasligi ochiq-oydin aytgan va sabablarini maʼlum qilgan.

Asosiy mavzular