12:05 05 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
116520

Germaniyaning Die Welt nashri NATOning asosiy raqibini maʼlum qildi. Muallif fikriga koʻra, harbiy-siyosiy blokda Xitoy roli haqida yagona fikr mavjud emas.

TOSHKENT, 4 dek - Sputnik. Germaniyaning Die Welt nashri NATO kelajagi haqida xavotirlari bilan oʻrtoqlashdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Maqolada taʼkidlanishicha, NATOning asosiy raqibi Rossiya emas, balki Xitoy ekanligini koʻrsatilgan. Muallif fikriga koʻra, harbiy-siyosiy blokda Xitoy roli haqida yagona fikr mavjud emas.

Amerika Qoʻshma Shtatlari Xitoyni raqib deb bilsa-da, Germaniya va Frantsiya uni savdo derjava sifatida koʻrishmoqda. Nashr yozishicha, Germaniya va Frantsiya Yevropada oʻz siyosiy nufuzini iqtisodiyotga sarmoya kiritish orqali “sotib olmoqchi” boʻlgan Pekindan kelayotgan xavfni yetarli darajada hisobga olmayapti.

Xitoy oʻz taʼsirini dunyo okeanlariga yoyish uchun muvaffaqiyatli ishlamoqda. Keyinchalik, mamlakat xalqaro yuk tashish tarmoqlariga kirish huquqini nazorat qilishi mumkin.

Maqolada taʼkidlanishicha, Xitoy juda yaxshi qurollanganligiki, Avstraliya, Janubiy Koreya va Yaponiya xavfsizligini taʼminlayotgan AQShning derjava sifatidagi roli tobora shubhali boʻlib qolmoqda.

Muallif buning barchasi Yevropaning xavfsizligi va farovonligiga jiddiy taʼsir koʻrsatishi mumkin degan xulosa qilgan.

Asosiy mavzular