Habibning otasi AQSh vizasini olish uchun Qozog‘istonga murojaat qildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAbdulmanal Nurmagomedov - otes boysa Xabiba Nurmagomedova
Abdulmanal Nurmagomedov - otes boysa Xabiba Nurmagomedova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Habib Nurmagomedovning otasi Toni Ferguson bilan jangda o‘g‘lining oldida bo‘lish uchun nima qilib bo‘lsa ham AQShga bormoqchi.  

TOShKENT, 6 dek – Sputnik. Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmannop Nurmagomedov kelasi yil bahorda Toni Ferguson bilan bo‘ladigan jangda o‘g‘liga sekundantlik qilish maqsadida nima qilib bo‘lsa ham AQShga borishga qaror qilgan.

Ma’lumki Moskvadagi AQSh elchixonasi Abdulmannop  Nurmagomedovga bir necha marotaba viza berishni rad etgan. Bu safar u Qozog‘iston orqali AQSh elchixonasiga hujjat topshirishga qaror qilgan.

— Viza olishga harakat qilayapman. Hujjatlarni Qozog‘istonga yubordim. Meni u yerga taklif qilishlarini kutayapman. 22 chisloda Olma-otada bo‘laman. Suhbatdan o‘taman deb umid qilaman, - dedi, chempionniy otasi.

Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmagomedov va Ferguson orasida jang 2020-yilning 18-aprelida Nyu-  Yorkda bo‘lib o‘tadi. Shu vaqtga qadar Habib va Toni 4 marotaba jang o‘tkazishga harakat qilishgan bo‘lsag‘da, har safar u unisi yo bunisi jarohat olishi tufali jang bekor qilib kelinayotgan edi.



 

 

Yangiliklar lentasi
0