21:29 10 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Dunyoda
Havola olish
2314 0 0

LDPR rahbari Vladimir Jirinovskiy qaysi hodisa “Rossiya tarixidagi eng mudhish jinoyat” ekanini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 8 dek — Sputnik. Rossiya Liberal-demokratik partiyasi raisi Vladimir Jirinovskiy Rossiya birinchi prezidenti Boris Yeltsinni mamlakat tarixidagi eng mudhish jinoyatda aybladi.

Jirinovskiyning fikriga koʻra, Belovejsk, yaʼni SSSRni tarqatib yuborish bitimining imzolanishi “Rossiya tarixidagi eng mudhish jinoyat” boʻlgan.

Uning soʻzlariga koʻra, bitimni imzolagan Rossiya va Ukraina prezidentlari Boris Yeltsin va Leonid Kravchuk hamda Belorussiya Oliy kengash raisi Stanislav Shushkevichning SSSRni tarqatib yuborish uchun vakolatlari boʻlmagan.

“Buning uchun hech qanday asos yoʻq edi: na maʼnaviy, na iqtisodiy. Insoniyat tarixida koʻplab harbiy va davlat toʻntarishlari boʻlgan, lekin hech kim hech qachon mamlakatni tarqatib yubormagan”, - deya yozgan u telegram kanalida

Mavzu boʻyicha

Jirinovskiy Ikkinchi jahon urushi boshlanishida Polshani aybdor deb topishni taklif qildi
Rossiya prezidenti SSSR parchalanishi sabablarini aytdi
Jirinovskiy Rossiya qanday holatda Ukrainani yoʻq qilishi mumkinligini aytdi
Teglar:
SSSR, Jirinovskiy

Asosiy mavzular