Qozog‘istonda mehnat migrantlari soliq to‘laydi

© Sputnik / Timur BatirshinUborka snega v Almati posle silnogo snegopada
Uborka snega v Almati posle silnogo snegopada - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston mehnat vazirligi ta’kidlashicha, mamlaktada kichik biznes sohasida migrantlar ko‘p holatlarda noqonuniy faoliyatga jalb qilinmoqda.

TOShKENT, 11 dek - Sputnik. Qozog‘istonda mavsum ishchilariga tenglashtiriladi va ularga soliq to‘lovini to‘lash yuklatiladi, deb xabar qildi Sputnik Qozog‘iston.

Ocheredi na Kazaxsko-Kirgizskoy granitse - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘izistonda ham o‘zbekistonlik ishchilar uchun patent joriy etilishi mumkin

Qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlarni nazarda tutgan qonunni parlament deputatlar ma’qulladi.

Migratsiya jarayonlarini tartibga solish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqish chog‘ida, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri Birjan Nurimbetovning ta’kidlashicha, mamlakatda kichik biznes subyektlari mehnat muhojirlarini ko‘plab holatlarda nolegal faoliyatga jalb qilmoqda.

“Kichik korxonalar tomonidan mehnat muhojirlarini biznesdagi noqonuniy faoliyatga jalb qilish faktlarining ko‘payishi munosabati bilan mehnat muhojirlarini "mavsumiy ishchilar"ga tenglashtirish taklif qilinmoqda”, - deb ta’kidladi vazir.

Vazir so‘zlariga ko‘ra, xorijiy ishchilarni jalb qilish tizimida oyiga 52 dollar (20 200 tenge) soliq to‘lovi joriy etishni nazarda tutmoqda.  

Mavsumiy ishchilar uchun mutaxassisliklar ro‘yxati ishlab chiqiladi.

Qonun loyihasiga ko‘ra, migratsiya jarayonlari sohasidagi huquqiy bazani kengaytirish va noqonuniy migratsiyaning oldini olish uchun chet elliklar uchun doimiy yashash huquqini beruvchi ruxsatnomani rasmiylashtirish uchun 4 oylik maosh (10 ming 100 tenge) miqdorida davlat bojini joriy etish taklif qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0