08:04 26 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Dunyoda
Havola olish
210510

2019 yil boshida quyosh tizimidagi 18 mingta xavfli kosmik obʼyektlar maʼlum boʻlgan, ularning 99 foizi asteroidlardir.

TOSHKENT, 12 dek – Sputnik. Inson tsivilizatsiyasini yoʻq qilishga qodir asteroidlar 100 million yilda bir marta Yerga tushadi. Bu haqda “Roskosmos” ilmiy instituti markaz boshligʻi Igor Bakaras RIA Novosti’ga bergan intervyuda aytdi.

Farazlardan biriga koʻra, 65 million yil oldin asteroid yoki kometani tushishi dinozavrlarning oʻlimiga olib kelgan. Yerga tushan obʼyekt Meksika jabuniy sohilidagi dengiz tubida  300 km chuqurlikda Chiksulub kraterini qoldirgan.

Olimlarning fikriga koʻra, Yerga tushgan samoviy jism 10 km oʻlchamda boʻlgan.

“Olimlarning fikriga koʻra, taxminan 10 kilometr uzunlikdagi va inson tsivilizatsiyasini yoʻq qilishga qodir osmon jismining Yer bilan toʻqnashuvi taxminan 100 million yilda bir marta sodir boʻlishi mumkin. Zamonaviy insonning butun tarixi davomida (taxminan 100 ming yil) bunday toʻqnashuvlar boʻlmagan”, - deydi Bakaras.

Olim kichikroq asteroidlar uchun hisob-kitoblarni keltirdi. Shunday qilib, diametri bir kilometrga teng asteroidning qulashi global falokatga olib kelishi mumkin. Bunday holda, taʼsir joyidagi kraterning radiusi taxminan 20 kilometrni tashkil qiladi. "Ushbu kattalikdagi hodisalar taxminan million yilda bir marta sodir boʻladi", - dedi olim.

Diametri 100 metr boʻlgan Asteroidlar quruqlikda mintaqaviy vayronagarchilik (kraterning radiusi ikki kilometrga yaqin) yoki okeanga qulagan taqdirda tsunamini keltirib chiqarishga qodir. Ushbu kattalikdagi hodisalar taxminan har uch ming yilda sodir boʻladi.

Shu oʻrindaBakaras koʻp samoviy jismlarning diametri va ularning orbitalari parametrlari aniq maʼlum emasligini taʼkidladi. "Obʼyektlarning oʻlchamlari Yer yaqinida uchishi vaqtida alohida aniqlanadi. Shuning uchun koʻpincha xavfli deb hisoblangan asteroid keyinchalik xavfsiz toifaga kiradi", - deb izohladi olim.

2019 yil boshida quyosh tizimidagi 18 mingta xavfli kosmik obʼyektlar maʼlum boʻlgan, ularning 99 foizi asteroidlardir.

Asosiy mavzular